Amudaryoning chekka hududidagi yo‘llar ta’mirlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanining eng chekka hududlarida ham avtomobil yo‘llarining ahvolini yaxshilash, aholining mushkulini yengil qilish, ularga qulay sharoit yaratish maqsadida keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.
Tumandagi Kuyik ko‘pir qishlog‘i fuqarolari yaqin kunlargacha eski va ta’mirtalab avtomobil yo‘lidan foydalanib kelayotgan edi. O‘tgan 2025-yilning dekabr oyidan boshlab Amudaryo tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan D217A “Jumurtov koni orqali – Amudaryoga” avtomobil yo‘lining 0–3,6 kilometr qismida qurilish ishlari boshlangan.
[gallery-27880]
Hozirda mazkur avtomobil yo‘lining asosiy qismida maxsus texnikalar yordamida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, mazkur yo‘lda transport harakati xavfsiz va qulay bo‘ladi. Shu bilan birga, tuman infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanadi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA