Amudaryoga 2,6 tonna baliq çavoği yuborildi
“Özbekiston – 2030” strategiyasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi “Hayvonot dunyosi yöqotişlarining örnini qoplaş hamda kamyob va yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan yovvoyi hayvonlarni himoya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida yurtimizda ekologik muvozanatni saqlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur qarorda 2026 – 2030-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda respublikaning markaziy şaharlaridan oqib ötuvçi daryo va soylarni har yili jami 15 tonnadan kam bölmagan miqdorda çavoqlantiriş orqali ularning ixtiofauna populyatsiyasini qayta tiklaş çoralarini köriş belgilangan.

Şu maqsadda Ixtiologiya va baliqçilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ekologiya qömitasi tavsiyalariga asosan daryo va soylarda baliqlarning moslaşuvçanligi çuqur örganilib, ularni köpaytiriş uçun tabiatga zarur bölgan baliq turlari (sazan, döngpeşona va boşqalar) suv havzalariga qöyib yuborilmoqda.
Mazkur dastur doirasida Nukus şahridan oqib ötuvçi Amudaryoga 2,6 ming kilogramm (2,6 tonna) baliq çavoği yuborildi. Umumiy hisobda esa belgilangan rejadagi 15 tonna baliq çavoğining 5,2 tonnasini Qoraqalpoğiston Respublikasi hududidan ötuvçi Amudaryoga yuboriş közda tutilgan.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri