“Amira Textile”ning xaridorgir mahsulotlari
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Kelajak” sanoat zonasi hududida joylashgan “Amira Textile” korxonasida tekstil va trikotaj mahsulotlari hamda poyabzal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Loyiha qiymati 100 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etgan korxonada xorijdan samarador dastgohlar keltirilib, ishga tushirilgan.
Korxona o‘tgan yili Rossiyaga 300 ming AQSH dollarlik mahsulot eksportni amalga oshirgan. Joriy yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 210 milliard so‘mga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Korxonada tayyorlanayotgan ayollar, erkaklar, bolalar kiyim-kechaklari va poyabzallari mahalliy bozorda xaridorgir. Shuningdek, mahsulotlar Germaniya, Rossiya hamda qo‘shni respublikalarga eksport qilinmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA