Amir Temur – adolat timsoli
"Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan Toshkent kimyo-texnologiyalar institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, adolatga asoslangan tamoyillari hamda temuriylar davrida yuksak intizom va tartib masalalariga keng urg‘u berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temur shaxsining nafaqat tarixiy, balki bugungi kun yoshlarini tarbiyalashdagi ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning "Kuch – adolatda" degan shiori bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani, jamiyat taraqqiyotida adolat va qonun ustuvorligi muhim omil ekani qayd etildi.
Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Sohibqironning hayot yo‘li, harbiy yurishlari, davlatni boshqarishdagi qat’iyati va adolatparvarligi badiiy jihatdan jonli ifodalandi.


M.Komilova, O‘zA