Amaldagi prezident vazifasida qoldi
Avvalroq, Butunjahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasining oltinchi boshqaruv kengashi yigʻilishi Qoʻqonda boshlangani haqida maʼlumot bergan edik.
Avvalroq, Butunjahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasining oltinchi boshqaruv kengashi yigʻilishi Qoʻqonda boshlangani haqida maʼlumot bergan edik.
17 mamlakatning hunarmandlar kengashi rahbarlari 2018-yilning sentyabr oyidan buyon qilingan ishlar muhokama etiladi. Erishilgan yutuqlar, muammolar yechimi va istiqboldagi rejalar xususida kelishib olindi.
Ushbu tadbirning eng muhim vazifasi Butunjahon hunarmandlar kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻyicha prezidenti saylash edi. Nomzodlar orasida Oʻzbekistondan ham vakil borligini qayd etgan edik.
Ayni vaqtda kengashni kelgusi toʻrt yilda boshqarish vazifasi amaldagi prezident - Gada Kaddumi vakolatida qoldi. Yaʼni u qayta saylandi.