Alpomish O‘roqboyev Osiyo chempioniga aylandi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘smirlar o‘rtasidagi sablya yo‘nalishida Alpomish O‘roqboyev yarim final bosqichida gonkonglik sportchi Chan Man Heini 15:12 hisobida, final bosqichida esa koreyalik Choi Minhyungni 15:8 hisobida dog‘da qoldirib qit’a chempioniga aylandi va yurtimizga oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ikkinchi qilichbozimiz Sardor Abdukarimbekov bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA