Alisher Yusupov chorak finalda
Parij shahrida o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Bugun, 2 avgust kuni ushbu sport turi bo‘yicha vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan polvonlar tatamiga chiqdi.
Ushbu vazn toifasidagi hamyurtimiz Alisher Yusupov o‘z ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. Ushbu bosqichda unga slovakiyalik Marius Fizel qarshilik ko‘rsatdi. Bu bahsda Alisher polvon zafar quchgan holda chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun tojikistonlik Temur Rahimov bilan bellashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA