Albaniyada Tramp kuyovi loyihasiga qarshi namoyishlar kuchaymoqda (+video)
Albaniyada so‘nggi kunlarda minglab odamlar Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan bog‘liq kurort loyihasiga qarshi namoyishlarga chiqmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Loyiha Adriatika sohilidagi ekologik jihatdan himoyalangan hududlar atrofida qurilishi rejalashtirilgan. Namoyishchilar kurort qurilishi flamingo, dengiz toshbaqalari va boshqa noyob hayvonlar yashaydigan hududlarga zarar yetkazishi mumkin, deyishmoqda.
Ekologlar va mahalliy aholi loyiha tabiatga tuzatib bo‘lmas zarar keltirishidan xavotirda. Namoyishchilar flamingolarni ramz sifatida tanlagan va ba’zi OAV bu harakatni hatto “Flamingo inqilobi” deb atamoqda.
Loyiha qiymati taxminan 1,4 milliard yevro deb baholanmoqda. Unda mehmonxonalar, villalar qurilishi ko‘zda tutilgan. Namoyishchilar hukumatni shaffoflik yetishmasligi va himoyalangan hududlarda qurilishga ruxsat berganlikda ham tanqid qilmoqda.
Albaniya bosh vaziri Edi Rama esa loyihani qo‘llab-quvvatlab, u mamlakatga sarmoya va yuqori darajali turizmni jalb qilishini aytib, qurilish to‘xtatilmasligini ma’lum qilgan.
<iframe width="480" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/cqoe48os1Og" title="Albaniyada Tramp kuyovi loyihasiga qarshi namoyishlar kuchaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA