Ahror polvon - Osiyo o‘yinlarida tengsiz!
Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan o‘rin olgan kurash musobaqalarida polvonlarimiz 2 ta oltin, bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kurash bellashuvlarining erkaklar o‘rtasidagi -81 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Ahror Ziyodullayev so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida eronlik Ramin Ahmadzode uztidan g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga o‘n ikkinchi oltin medalni keltirdi.
Medallarimiz soni 12 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 41 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA