Ahil oilaning aziz farzandlari
Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

(Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasidan)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida Respublika Tojik milliy madaniy markazi tomonidan “Konstitutsiya – millatlararo totuvlik kafolati“ mavzuida maʼrifiy anjuman tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani taʼkidlandi. Tinchlik, ahillik, hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlik ustuvor boʻlgan ona diyorimizda bir yuz oʻttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandidek oʻzaro hurmat, mehr, yakdillik tamoyillari asosida yashab, jonajon Oʻzbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmoqda.
Barcha hamyurtlarimizning taʼlim olishi, oʻz ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishi, mehnat qilishi, salomatligini asrashi bilan bogʻliq huquqiy kafolatlar Bosh Qomusimizda qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Respublika Tojik milliy madaniy markazi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga daxldorlik hissini mustahkam qaror toptirishdek ezgu maqsadlar yoʻlida samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Markaz tomonidan turli ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etilayotgan tadbirlar Oʻzbekiston xalqining birligi, birdamligi, ahilligi, oʻzaro hamjihatligini yana bir karra namoyon etmoqda.
– Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni barchamiz uchun moʻtabar bayramlardan sanaladi, – dedi Respublika Tojik milliy madaniy markazi rahbari Jaʼfar Xolmoʻminov. – Negaki, barcha imkoniyatlarimiz ayni hujjatda oʻzining yorqin kafolatini topgan. Bosh Qomusimiz tufayli jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, tinchlik, tenglik hamisha barqaror. Oʻzbekistondek fayzli xonadon – jonajon Vatanimizda turli millat vakillari kabi tojiklar ham bu zamin xalqining tarkibiy qismi ekani faxrlidir. Insonning shaxs sifatida eʼzozlanishi Konstitutsiyamizda oʻzining amaliy tasdigʻini topgan.
Tadbirda Konstitutsiyamizning xalqchilligi, uning har bir hamyurtimiz hayotida oʻz aksini topayotgani taʼkidlandi. Vatan, istiqlol, doʻstlik va totuvlikni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar yangradi.