Agrobank tashabbusi bilan Baxmal tumanida hududlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda
Ayni damda Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan hokim o‘rinbosarlari, bandlik sohasi rahbarlari, tijorat banklari, Mahallalar uyushmasi va "Agrostar" kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.




Seminarning asosiy maqsadi — mahallalarni ixtisoslashtirish, "tayanch mahalla" va "ixtisoslashgan mahallalar klasteri" modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, "Agrostar" kompaniyalari bilan hamkorlikda "yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish" zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda ularni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
O‘zA