AGMK futzalchilari milliy terma jamoadan kuchlimi?
Oʻrtoqlik oʻyinida AGMK Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan ustun keldi.
Oʻrtoqlik oʻyinida AGMK Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan ustun keldi.
Futzal boʻyicha klublar oʻrtasida Osiyo chempionatiga jiddiy hozirlik koʻrishayotgan AGMK aʼzolari poytaxtimizda yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan nazorat oʻyinida kuch sinashdi.
Mazkur uchrashuv Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz uchun Toshkentda tashkil etilgan yigʻinning mantiqiy yakuni boʻldi. Aleksandr Petrov shogirdlari uchun esa bu bellashuv klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga joʻnab ketish oldidan soʻnggi va muhim sinov vazifasini oʻtab berdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvda nisbatan yosh futzalchilardan tashkil topgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻzlaridan ancha tajribali sanalgan olmaliqlik futzal ustalariga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Nazorat oʻyini
Oʻzbekiston m.t.j. – AGMK – 2:4
Gollar: B.Rizayev, S.Joʻrayev – I.Ropiyev (2ta), I.Hamroyev, D.Choriyev.
Oʻzbekiston m.t.j.: Akmaljon Hazratqulov (“Paxtakor”), Ravshan Eliboyev (“Paxtakor”), Abbos Elmurodov (“Lokomotiv”), Islom Miraliyev (“Bunyodkor”), Sunnatilla Joʻrayev (“Nasaf”), Muhammad Zoirov (“Paxtakor”), Avaz Abduvaliyev (“Paxtakor”), Laziz Ubaydullayev (“Dinamo”), Botir Rizayev (“Maksam-Chirchiq”), Shahzod Saʼdiyev (“Dinamo”), Dilmurod Shavkatov (“Paxtakor”), Husan Gʻaniyev (“Navbahor”), Dilmurod Jumayev (“Soʻgʻdiyona”), Davlat Ibrohimov (“Dinamo”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”).
AGMK: Rustam Umarov, Abbosbek Oʻlmasbekov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron Valijonov, Alan Aminov, Akbar Usmonov, Temur Berdiyev, Davron Choriyev, Islombek Biytoʻrayev, Anasxon Rahmatov.
Endi AGMK futzalchilari klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun 5-avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahriga yoʻl oladi. Eslatib oʻtamiz, AGMK musobaqaning “B” guruhida “Tai Son Nam” (Vyetnam), “Naft Al Vasat” (Iroq), “Ar Rayyan” (Qatar) klublariga qarshi bahs olib boradi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi esa navbatdagi yigʻiniga avgust oyida toʻplanadi.