Aeroport avtoparki yangi mashinalar bilan to‘ldirildi
“Uzbekistan Airports” samolyot bortlariga ichimlik suvi tashish uchun ikkita, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi “MCity”dan ikkita assenizatsiya mashinalarini xarid qildi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus transport samolyotlarga yer ustida xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va havo bandargohining ish samaradorligini oshirish uchun zarur. Bundan tashqari, yaqin kunlarda aeroportga imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ikkita yangi ambuliftlar ham keltiriladi.

Hozirgi vaqtda “Uzbekistan Airports” maxsus transportlarni yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha rejali ishlarni amalga oshirmoqda. Oxirgi ikki yil ichida “Toshkent” xalqaro aeroporti uchun 626 milliard so‘mlik maxsus texnika, jumladan, aerodrom majmuasini tozalash, samolyotlarga muzlashga qarshi ishlov berish, havo kemalarini shatakka olish uchun universal mashinalar hamda konteynerli yuk mashinalari xarid qilindi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasining 2024 yildagi rejalari mamlakatning xalqaro aeroportlarini yangi turdagi maxsus transportlar va havo kemalariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vositalari bilan to‘ldirishni davom ettirishdan iborat.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.