“Adolat qabulxonasi”da deputat saylovchilarni eshitdi
“Adolat” sotsial demokratik partiyasining muhim loyihalaridan biri bo‘lgan “Adolat qabulxonasi”da partiya rahbarlari va deputatlar aholi murojaatlarini eshitib, muammolarga yechim topmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga 54-Urgut saylov okrugidan saylangan deputat Nilufar Ja’farova "Adolat qabulxonasi"da o‘z saylovchilarni qabul qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi.
Tumanning Navbog‘ mahallasida yashovchi J.Nozimov otasini davolatish uchun viloyat kardiologiya shifoxonasiga yo‘llanma olishda yordam so‘rab murojaat qilgan. Kamangaron mahallasidan kelgan B.G‘ulomov esa uyini ta’mirlash uchun deputatdan amaliy yordam berishini so‘radi.
Nilufar Ja’farova har bir murojaat bo‘yicha mutasaddi idoralar va mas’ullarga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, masalalarga yechim topishga ko‘maklashishini bildirdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri