Adliyachilar mahallalarga kitob ulashdi
Adliya vazirligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan boshlangan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga Samarqand viloyati adliya boshqarmasi va tizim xodimlari ham qo‘shildi.
Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ular #ziyo_ulash deb nomlangan mazkur chellenjini uyushqoqlik bilan boshlab berishdi va tuman, shaharlardagi 4-sektor hududidagi olis mahallalarga 500 dan ortiq kitob sovg‘a qildi.
Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, huquqiy va bolalar adabiyotlaridan iborat mazkur kitoblar mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida tashkil etilgan mo‘’jaz kutubxonalardan joy oldi.
Loyiha mamlakatimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishi va intellektual salohiyatini oshirishga bo‘lgan intilishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri