Adliya vazirligida Oila kuni oʻtkazilmoqda
Davlat idoralarida ishlaydigan hamyurtimiz borki, kunining asosiy qismini oʻzi xizmat qilayotgan tashkilotida oʻtkazadi.
Davlat idoralarida ishlaydigan hamyurtimiz borki, kunining asosiy qismini oʻzi xizmat qilayotgan tashkilotida oʻtkazadi. Tabiiyki oilasi va farzandlari davrasida vaqtini kamrok oʻtkazadi. Shuni inobatga olgan holda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan FAMILY DAY tadbirida, vazirlik xodimlarining farzandlari oila aʼzolari taklif etildi. Bayram dasturxoni yozilib, bolajonlarga sovgʻalar ulashildi. Tadbirga taklif etilgan taniqli sanʼatkorlar va mashhur sportchilar oʻz chiqishlarida, Vatan, ota-ona va oila hamda farzandlar haqida purmaʼno fikrlarini bildirib, oila kunini yanada fayzli oʻtishida hissa qoʻshdi.
Oila kuni davom etmoqda.