Abu-Dabi kutubxonasida Yevropa olimlari ko‘rgazmasi
Hamkorlarimiz sahifalarida
“Qasr Al-Vatan” kutubxonasida yevropalik olimlar qo‘lyozmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tyapti, deb xabar qiladi “WAM” axborot agentligi.
Mazkur ziyo maskani o‘quvchilarda Abu-Dabi arab tili markazi ko‘rgazmasi – Madaniyat va turizm departamenti kutubxonasi orqali adabiyotga mehr uyg‘otishni maqsad qilgan. Kutubxonaning bilimlar qanotida joylashgan, Yevropa olimlari tomonidan IX-XIII asrlarda bitilgan qo‘lyozmalar to‘plamini jamlagan ko‘rgazma arab madaniyati, musiqasi, tibbiyoti va adabiyotiga oid manbalarni namoyish etadi.

Ko‘rgazmaning maxsus bo‘limi 2006 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro adabiy va media hamjamiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “Shayx Zoid kitob” mukofotini qo‘lga kiritgan kitoblar namoyishiga bag‘ishlangan. Bu yerda mijozlarga turli til va madaniyatga mansub asarlarning keng tanlovi taqdim etiladi.

Ko‘rgazma bo‘ylab sayohatni tugatgan mehmonlar 50 000 kitobdan iborat Saroy kutubxonasiga yo‘l olishlari, o‘qish zaliga saroy favvoralarining ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lib o‘tishlari mumkin.
Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA