Abror Ashurov — "Muvaffaqiyatli yoshlar" loyihasining navbatdagi soni mehmoni (+video)
Abror 2007 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 5 sinfdan boshlab ushu sport turi bilan shug‘ullangan. 5 karra O‘zbekiston, 2 marta Markaziy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.
U 4 yillik faoliyatidan keyin sport bilan xayrlashishga qaror qilgan. Nima uchun bunday qarorga kelganini videosuhbatimizda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Abror Ashurov tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda 9 sinfni tugatgan va hozirda International House Tashkent litseyida tahsil olmoqda. U hozirda o‘z jamoasi bilan platforma ochish harakatida.
Videoni to‘liq O‘zAning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/iNHIIi-zp_g" title="Abror Ashurov — "Muvaffaqiyatli yoshlar" loyihasining navbatdagi soni mehmoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Farrux Xudoyorov,
Abror Sodiqov (video), O‘zA