“IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Xorazmda “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlari talaba-qizlari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov talaba-qizlarning axborot texnologiyalari va robototexnikadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu sohalarga qiziqishini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlov, shuningdek, 2030-yilga qadar O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish doirasida ta’lim tashkilotlarida “Bir qiz – bir mentor” dasturini joriy etish vazifalari bilan ham bog‘liq.

Tantanali marosimda tanlov natijalari e’lon qilindi.

Quyida g‘oliblar ro‘yxatini e’tiboringizga havola qilamiz.
Axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishiga oid dasturiy ta’minot yo‘nalishi:
1-o‘rin – Husanboyeva Farzona, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
2-o‘rin – Yo‘ldoshaliyeva Gulzoda, Andijon davlat pedagogika instituti.
3-o‘rin – Rustamova Ruxshona, Buxoro davlat texnika universiteti.
Mobil ilovalar yo‘nalishi:
1-o‘rin – Ibragimova Diana, Toshkent davlat transport universiteti.
2-o‘rin – Xudayberganova Gulay, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universiteti.
3-o‘rin – G‘ulomova Maftuna, Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Sun’iy intellekt yo‘nalishi:
1-o‘rin – Rahimberganova Shag‘zoda, Urganch davlat tibbiyot instituti.
2-o‘rin – Marufova Gulchiroy, Qo‘qon universiteti.
3-o‘rin – Fattoyeva Norjon, Buxoro davlat universiteti.
Kiberxavfsizlik yo‘nalishi:
1-o‘rin – Boysunova Tomila, Toshkent Xalkaro Vestminster universiteti.
2-o‘rin – Baxtiyarova Dilfuza, Urganch davlat universiteti.
3-o‘rin – Kenjayeva Nodirabegim, Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Raqamli ta’lim yo‘nalishi:
1-o‘rin – Xaitboyeva Mo‘’tabarxon, Urganch davlat universiteti.
2-o‘rin – Xurramova E’zoza, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
3-o‘rin – Abdurahimova Mubina, Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Mexatronika va robototexnika, avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘nalishi:
1-o‘rin – Boyqulova Mahliyo, Samarqand davlat texnika universiteti.
2-o‘rin – Saidova Nargiza, Navoiy davlat pedagogika instituti.
3-o‘rin – Ataboyeva Dinara, Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Aqlli qurilmalar va IOT yechimlari yo‘nalishi:
1-o‘rin – Nuriddinova Nozima, Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
2-o‘rin – Jumaboyeva Saodatjon, Toshkent davlat transport universiteti.
3-o‘rin – Xalilova Marjona, Buxoro davlat texnika universiteti.

Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri