Milliy estrada san’ati instituti talabasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 2-bosqich talabasi Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar qizi – 2026” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Tanlov finalida Rossiya, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistondan 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida ijodiy salohiyati, til bilimi hamda milliy madaniyatga oid bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Amina Mahmudova tanlov yakuniga ko‘ra bosh sovrin – “ZEEKR” avtomobilini qo‘lga kiritdi.
O‘zA