“O‘zLiDeP kubogi” g‘oliblari aniqlandi
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganligining 23 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “O‘zLiDeP kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Tadbir avvalida partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish va fuqarolarni jismoniy faollikka keng jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvlar yakunida erkaklar o‘rtasida “NKMK jamg‘armasi” DMda tashkil etilgan BPT a’zosi Doston Muhammadiyev, ayollar o‘rtasida esa Navoiy mashinasozlik zavodi BPT vakili Lobar Toirova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri