90 yoshini nishonlayotgan gazeta
Internet asrida ham o‘zining xolis va tezkorligi bilan o‘quvchilar ardog‘ida bo‘lgan bosma nashrlar borligi quvonarli.
Bugun shunday nashrlardan bo‘lgan «Bulung‘ur hayoti» o‘zining 90 yilligini nishonlamoqda. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida chop etiladigan mazkur nashr 1931 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Ilk bor “ Kolxozchilar bayrog‘i» nomi bilan chop etilgan gazeta keyinchalik «Kolxoz haqiqati», «Kommunist» kabi nomlarga o‘zgartilgan. Faqat Xalq deputatlari tuman Kengashining 1991 yil oktyabrdagi qaroridan keyingina «Bulung‘ur hayoti» nomi bilan chop etila boshlagan. Qariyb 100 yildan buyon hududdagi voqea-hodisalarni yoritib kelayotgan nashr bir qancha ijodkorlarni ham yetishtirib chiqishga xizmat qildi.
Maftuna Karimova, O‘zA