81 yil oldin cho‘ktirilgan kema topildi
Janubiy Xitoy dengizi tubidan Yaponiyaga qarashli “Montevideo Maru” sudnosi tortib olindi. Mazkur kema Ikkinchi jahon urushi davrida Amerikaning “USS Sturgeon” (SS-187) suv osti kemasi tomonidan odamlari bilan birga cho‘ktirib yuborilgan. Bu haqda Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze ijtimoiy tarmoqda yozgan.
— Nihoyat “Montevideo Maru” halok qilingan, mingdan ziyod insonning jonsiz tanasi ko‘p yillar makon tutgan joy aniqlandi, — deydi mulozim. Sudno sahnida bo‘lgan 1060 marhum asirning 850 nafar avstraliyalik harbiy xizmatchilar edi. Umid qilamizki, hamyurtlarimizning qoldiqlari topilgani ularning yaqinlariga muayyan taskin beradi.
Ma’lumotga qaraganda, avstraliyalik asirlarni Papua-Yangi Gvineyadan Xitoyning Xaynan oroliga olib ketayotgan “Montevideo Maru” AQSH Harbiy havo kuchlari tomonidan 1942 yil 1 iyulda cho‘ktirib yuborilgan. Ushbu voqea qit’a-davlat tarixiga eng ulkan fojia sifatida kirgan.
G‘.Xonnazarov