8 sotix yerdan 120 million daromad (+video)
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib kelayotgan yoshlarga ko‘maklashishga alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumani Qumoq mahallasi Prezidentimizning 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlarga ajratilgan yerlarni haqiqiy imkoniyatga aylantirmoqda.
Mahallaning 73 nafar yoshlariga 23 gektar yer ajratildi. Yoshlar dehqonchilik orqali daromad topishni boshlagan.
Ulardan biri — Shodiya Yo‘ldoshova. U 8 sotix maydonda qulupnay yetishtirib, bir mavsumda mevasidan 80 million, ko‘chatidan 40 million so‘m daromad oldi. Hozirda esa 15 sotixda ish olib bormoqda. U oilasi bilan birga mehnat qilib kelyapti.
Qaror yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/i0H7nxV6L4M" title="8 sotix yerdan 120 million daromad" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA