8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Jonkuyar hamshiralar
Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalarida bugun o‘zining fidokorona mehnati, erishgan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan tibbiyot hamshiralari talaygina. Ularning mehnati har jabhada ibratli.
[gallery-6034]
Viloyat tibbiyot muassasalarida sidqidildan mehnat qilayotgan jonkuyar hamshiralarning xizmati va ish vaqti boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning kundalik vazifasini hisobga olganda, “ish boshlandi” yoki “tugadi”, degan atama yo‘q hisob. Uzluksiz kun tunga, tun kunga ulanadi. Dam olish yoki bayram kunlari ham ulardan ko‘pincha xizmat joyida bo‘lish talab etiladi. Lekin, o‘z ishiga sodiq hamshiralar hech qachon nolimaydi. Aksincha, behalovat ish jarayoniga ko‘nikib ketgan. Ular o‘z hayotini el salomatligini asrashdek ulug‘ maqsadga baxsh etgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA