7 kunda 700 dan ortiq ariza
Raqamli iqtisodiyot uchun kadrlarni tayyorlash har bir oliy oʻquv yurti uchun ustuvor vazifaga aylanishi kerak.
Raqamli iqtisodiyot uchun kadrlarni tayyorlash har bir oliy oʻquv yurti uchun ustuvor vazifaga aylanishi kerak. Raqamli transformatsiya sohasidagi ekspertlar yosh mutaxassislarni oʻtgan asrning uslublari, darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari asosida oʻqitish yoshlar rivojlanishini sekinlashtirib, ularga foydadan koʻra, koʻproq zarar keltiradi degan fikrni ilgari surmoqda.
Bank-moliya akademiyasi yangi oʻquv yilida “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” mutaxassisligini ochmoqda. Mazkur mutaxassislikda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi loyihalar rahbarlari tahsil oladi. Ushbu mutaxassislar tufayli yangi mobil ilovalar va onlayn-servislar keng tarqalish imkoniga ega boʻladi.
Magistraturada tahsil olish uchun koʻproq loyiq nomzodlarni saralash uchun Akademiya yosh, asosiy taʼlim va sohadagi ish tajribasi boʻyicha cheklovlarni olib tashladi. Endi bu yerda asosiy taʼlimi axborot texnologiyalari va matematika sohasida boʻlgan mutaxassislar uchun ham eshiklar ochiq.
“Akademiyaga qabul Keys-chempionat formatida amalga oshiriladi. Biz har kuni ishtirok etish uchun yuzlab arizalar olamiz, Oʻzbekistonda magistraturaga qabul birinchi marotaba bu shaklda amalga oshirilayotgani sababli nomzodlar katta qiziqish bildirmoqda", - deydi Bank-moliya akademiyasi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi, iqtisod fanlari doktori Zafar Berdinazarov.
Ochik Keys-chempionatning ishtirokchilari uchun Akademiya rahbariyati AQSH, Qozogʻiston, Misr, Rossiya, Ummon va boshqa davlatlardan boy amaliy tajribaga ega ekspertlarni jalb qildi.
Keys-chempionat davomida ishtirokchilar quyidagi dolzarb masalalar boʻyicha oʻz yechimlarini taklif etadi:
– moliyaviy tashkilotlar va banklar 2030-yilda qanday boʻlishi haqida tasavvurlar;
– iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va inflyatsiyani kamaytirish usullari;
– kapital bozori hajmini 10% YAIMgacha oshirish yoʻllari;
– soliq tizimini tubdan oʻzgartirish yoʻllari;
– pandemiya sharoitida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash.
Birinchi haftaning oʻzida Bank-moliya akademiyasi saytida(qabul.bfa.uz) 700 dan ortiq nomzod roʻyxatdan oʻtdi. Ularning ayrimlari bilan tanishsak:
Navoiy togʻ-metallurgiya instituti bitiruvchisi Sarvarjon Mizrobov Akademiyada yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishni rejalashtirgan hamda bilim va iqtidorini namoyon etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Asia Alliance Bank mutaxassisi, Toshkent moliya instituti bitiruvchisi, toshkentlik Islam Iskanov taʼkidlashicha: “Akademiyada iqtidorli yoshlar uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bois Keys-chempionatda yuqori natijalarga erishi uchun barcha kuchimni sarflayman”.
Buxoro davlat universitetining 3-bosqich talabasi Avezjon Abdulloyev aytishicha: “Men bir qator xorijiy davlatlar, jumladan Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston va BAAda stajirovka oʻtab kelib, oʻqishni davom ettiryapman. Birinchi Keys-chempionat haqida eshitishim bilan unda ishtirok etishga qaror qildim. Maqsadim Bank-moliya akademiyasida yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissamni qoʻshish”.
«Bank-moliya akademiyasida ishga boʻlgan yangi yondashuvlar eng yaxshi ish beruvchilar eʼtiborini tortmoqda. Agrobank, Qurilishsanoatbank, Asaka bank, Hamkorbank va Kapitalbank oʻz grantlarini magistraturada taʼlim olim uchun ajratishga tayyorligini tasdiqlab boʻldi, davlat organlari xodimlari Keys-chempionata gʻolib boʻlib, taʼlim olish uchun davlat grantini olishi mumkin" - dedi Akademiya kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori Fozliddin Allayarov.
Bank-moliya akademiyasi va Milliy bank barcha nomzodlarga omad tilaydi hamda Keys-chempionatiga 2020-yil 1-avgustga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkiniligini eslab oʻtadi.
Bank matbuot xizmati.
Reklama huquqi asosida