50 nafar xotin-qiz ishli boʻldi
Ushbu tikuvchilik korxonasiga 50 nafar ishsiz xotin-qizlar ishga qabul qilingan.
Buxoro viloyati Gʻijduvon tuman hokimi, sektor rahbari M.Umarovning tashabbusi bilan Choʻgʻalon mahalla fuqarolar yigʻinida “Xojai Jahon-Gren Star” ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan.
Korxonaga yosh tadbirkor ayol Nargiza Toyirova va tuman bandlik boʻlimi tomonidan 32 dona zamonaviy har xil rusumdagi tikuv mashinkasi, 4 ta dazmol, 3 xil rusumdagi bichuv qaychilari va kerakli dastgohlar olib kelib oʻrnatildi.
Ushbu tikuvchilik korxonasiga 50 nafar ishsiz xotin-qizlar ishga qabul qilingan. Ulardan 10 nafari mahallaning “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan oilalarda yashovchi xotin-qizlar. Yana 10 nafari umumtaʼlim maktablarini shu yil bitirgan 11-sinf bitiruvchi qizlari hisoblanadi.
Bandligi taʼminlangan xotin-qizlar “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida faoliyatini davom ettirmoqda.