5 oyda 19,3 million dollarlik parranda go‘shti import qilingan
Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga joriy yil yanvar–may oylarida xorijdan 19,3 million dollarlik parranda go‘shti import qilingan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning dastlabki 5 oyida 17 ta davlatdan 19,3 million dollarga qariyb 20 ming tonna parranda go‘shti import qilingan. Ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 966 tonnaga oshgan.
Quyida 5 oyda O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar ro‘yxati keltirilgan:
Polsha – 5,5 ming tonna
Turkiya – 3,4 ming tonna
Rossiya – 3 ming tonna
Belgiya – 2,3 ming tonna
AQSH – 1,8 ming tonna
Niderlandiya – 858 tonna
Litva – 690 tonna
Germaniya – 443 tonna
O‘zA