289 million litr avtomobil benzini import qilingan
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 million dollarlik 289 million litr avtomobil benzini import qilingan.
Qo‘mita ma’lumotida qayd etilishicha, avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 million litrga oshgan.
O‘zbekistonga benzin import qilish bo‘yicha Rossiya (140,5 millio litr), Turkmaniston (126,8 million litr), Qozog‘iston (16 million litr) va Iroq (3,6 million litr) yetakchilik qilgan.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA