2700 yillik tarixdan so‘zlovchi manzil
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyatidagi O‘lkashunoslik muzeyi Xovos tumani markazi “Xovos siti” mavzesida joylashgan bo‘lib, muzeyda asosan Eski Xovostepa arxeologik yodgorligidan topilgan eksponatlar joy olgan.
Ma’lumki, Eski Xovostepa Ipak yo‘li chorrahasidagi muhim manzillardan biri bo‘lgan.
[gallery-9861]
Muzey rahbarining aytishicha, hozirgacha mazkur arxeologik yodgorlikning atigi yarim gektarida qazilma ishlari olib borilgan. Qadimgi shaharning umumiy maydoni esa 12 gektarni tashkil etgan. Qazishmalarda ikki ming yillik tarixga ega bronzadan ishlangan keli sopi va temir omoch topilgan. Dori uchun ishlatilgan shisha idishning bus-butun topilishi esa bu boradagi noyob yangilik bo‘ldi.
2700 yillik tarixdan so‘zlovchi qadimiy ashyolar hamda eksponatlarni o‘zida jamlagan hamda bugungi kunda yangi eksponatlar bilan boyitish ishlari olib borilayotgan muzey mahalliy aholi va sayyohlar e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA