257 mingdan ziyod özbekistonlik Turkiyaga safar qildi
Sönggi yillarda Özbekiston va Turkiya örtasidagi köp qirrali aloqalar, xususan, turizm, taʼlim, tibbiyot va işbilarmonlik sohalaridagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarildi. Ikki davlat örtasidagi vizasiz rejim, töğridan-töğri aviaqatnovlar sonining muntazam oşib borişi hamda madaniy va til yaqinligi özbekistonliklar uçun Turkiyani eng ommabop xorijiy yönalişlardan biriga aylantirmoqda.
Nafaqat Istanbul va Antaliya kabi dunyoga maşhur sayyohlik markazlariga dam oliş uçun boruvçilar, balki zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalaniş, nufuzli oliygohlarda tahsil oliş va biznes aloqalarini yölga qöyişni maqsad qilgan fuqarolarimiz soni yil sayin barqaror ösib bormoqda.
Milliy statistika qömitasi tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilning yanvar–oktabr oylariga oid sönggi raqamlar ham uşbu ijobiy tendensiyaning yaqqol isboti.
Tahlillarga köra, yilning dastlabki ön oyi mobaynida 257 mingdan ziyod Özbekiston fuqarosi turli maqsadlarda Turkiyaga yöl olgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga ösgan bölib, safarlarning asosiy qismini anʼanaviy turistik sayohatlar va yaqinlarni yöqlaş taşkil etmoqda.
Mamlakatimiz aholisi Turkiyaga safar qilişiga vizasiz rejim, töğridan-töğri aviaqatnovlar qulayligi, madaniy yaqinlik hamda turizm, tibbiyot va savdo sohalaridagi yuqori imkoniyatlar asosiy sabab bölmoqda.
Xususan, safar qiluvçilarning mutlaq köpçiligi aynan turistik maqsadlarda Turkiyani tanlaydi. Buning bir neça omillari bor. Jumladan, yoz oylarida Antaliya, Bodrum, Kemer va Alaniya kabi sohilböyi kurortlari oilaviy dam oliş uçun eng qulay tanlov hisoblanadi. Kuz-qiş va bahor oylarida esa Istanbul, Bursa va Kappadokiyaning tarixiy obidalariga qiziqiş ortadi.
Şuningdek, sönggi yillarda Turkiyada vaqtinça mehnat faoliyatini olib borayotgan, doimiy yaşayotgan yoki u yerda oila qurgan özbekistonliklar soni sezilarli darajada oşgan. Şu bois, ota-onalar va qarindoşlarning öz yaqinlari holidan xabar oliş, töy va marosimlarda iştirok etiş uçun borişi umumiy safarlarning qariyb 15 foizini taşkil etmoqda.
Şu bilan birga, Turkiya bugungi kunda dunyoning yetakçi tibbiy turizm markazlaridan biriga aylangani bois, onkologiya, kardiojarrohlik, transplantologiya va ortopediya kabi murakkab yönalişlarda Yevropa va AQŞ standartlari darajasida, ammo ularga nisbatan ança arzon narxlarda xizmat körsatiladi. Bu ham mamlakatimiz aholisini öziga jalb etmoqda.
Ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning jadallaşuvi ham tadbirkorlarning muntazam safarlarini talab etadi. Özbekistonlik biznes vakillari Turkiyaga töqimaçilik, quriliş materiallari, oziq-ovqat sanoati va qişloq xöjaligi sohalaridagi xalqaro körgazmalarda qatnaşiş, uskunalar xarid qiliş hamda qöşma loyihalar böyiça muzokaralar ötkaziş uçun yöl olişadi.
Xulosa qilib aytganda, 257 mingdan ziyod özbekistonlikning Turkiyaga safar qilgani ikki qardoş xalq örtasidagi aloqalar nafaqat rasmiy darajada, balki oddiy fuqarolar hayotida ham tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Safarlarning mutlaq köpçiligini dam oliş va madaniy hordiq taşkil etayotgan bölsa-da, tibbiyot, taʼlim va biznes yönalişlaridagi barqaror oqim hamkorlik kölami kengayib borayotganini körsatmoqda.
Kelgusida aviaqatnovlar geografiyasining yanada kengayişi, sayyohlik infratuzilmasining rivojlanişi hamda savdo-iqtisodiy loyihalarning köpayişi hisobiga uşbu körsatkiçlar yanada yuqorilaşi kutilmoqda. Bu esa, öz navbatida ikki davlat örtasidagi madaniy almaşinuv va iqtisodiy integratsiyani yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA