22 nafar fuqaroning huquqi tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor “Guliston paxta tozalash” AJ hisobidan 22 nafar undiruvchilar foydasiga 200 million so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan 200 million so‘m ish haqi pullari to‘liq undirildi. 22 nafar undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi. Shunga ko‘ra ijro hujjatlari amalda tamomlandi.
Ijro harakatlari davomida 22 ta sud qarorlari ijrosi ta’minlandi va 22 nafar fuqaroning huquqi tiklandi.
Sh. Suyarov,
O‘zA