19 Oktyabr voqeiyliklari "Qisqa xabarlar"da
Bugungi dasturimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Samarqand shahrida “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Tashqi ishlar vazirlarining har birini qabul qildi.Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlarini birlashtirgan “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga mamlakatning doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etgani to‘g‘risidagi xabarlar o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA