12 yilda ilk bor o‘quvchi qiz olimpiada g‘olibi bo‘ldi
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyatida matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Matematika bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichida ilk bor o‘quvchi qiz – Sevara Ostonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sevara 7-sinfdan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib keladi. 2017 yili Hindistonning Lakxnau shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etib, individual oltin, jamoaviy kumush medal sohibi bo‘lgandi. 2018 yili Ozarbayjonning Boku shahrida matematika, kimyo, fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada kumush medali bilan taqdirlangan.
Ma’lumot o‘rnida: so‘nggi bor bundan 12 yil avval – 2009 yili samarqandlik akademik litsey o‘quvchisi Salimova Diyora matematika fan olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA