100 AQSH dollari va 500 ming soʻm...
Bu pullarning jarima maydonchasi bilan qanday aloqasi bor?
Bu pullarning jarima maydonchasi bilan qanday aloqasi bor?
Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati bergan xabarga koʻra, boshqarmaning tegishli tuzilmalari xodimlari tomonidan tezkor oʻrganishlar oʻtkazilgan.
Xususan, 1992-yil tugʻilgan, Toshkent viloyati, Boʻka tumani, “Yangi” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, haydovchi H.S.ga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomashina jarima maydonchasiga olib kelingan.
Viloyat ishki ishlar boshqarmasi yoʻl patrul xizmati inspektorlarining bildirgisiga asosan, oʻtkazilgan tadbirda H.S.ning iltimosiga koʻra avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berishni vaʼda qilgan tanishi 1989-yil tugʻilgan, Toshkent viloyati, Yuqori-Chirchiq tumani, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi F.J., yoʻl patrul xizmati katta inspektori S.Qudratovga avtomobilni chiqarib olish evaziga 100 AQSH dollari hamda 500 ming soʻm pul mablagʻlarini pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
H.S. hamda F.J. qilmishlariga yarasha qonun doirasida tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.