Zulfiyaxonim izdoshlari saralandi
FOTOREPORTAJ
Namanganda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovni shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilorom Abdurahimova ochib berdi va jamiyatimiz hayotida xotin-qizlarning o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini e’tirof etgan holda, bunday nufuzli mukofotga nomzod bo‘lgan ishtirokchilarni samimiy qutladi.
[gallery-20388]
Umumta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlaridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq qiz o‘z bilim va iqtidorini 7 yo‘nalish – ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport va jamoatchilik, axborot texnologiyasi bo‘yicha namoyish etdi.
Ibratli faoliyati, noyob iste’dodi va erishgan yutuqlari bilan saralab olingan ishtirokchilarning chiqishlari hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi.
Saralangan qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA