“Zukko kitobxon” tanlovi yoshlarni jamladi
Guliston shahridagi Yoshlar markazida kitobxonlarning sevimli tanloviga aylangan “Zukko kitobxon” intellektual tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda viloyatning barcha 11 tuman (shahar)laridan kelgan kitobxonlar jamoasi ishtirok etdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni Xovos tumani jamoasi, ikkinchi o‘rinni Guliston shahar jamoasi, uchinchi o‘rinni Boyovut tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlov ishtirokchilariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni ilm-fan, sport, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga jalb etish maqsadida taqdim etilgan “Ustoz Ai”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” hamda “Uz Chess” Chess” loyihalarining tarqatma materiallari taqdim etildi.
[gallery-17319]
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev, (surat) O‘zA muxbirlari.