"Zukko kitobxon" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizdagi Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Zukko kitobxon" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan e’tiborini oshirish, ularda kitob o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bilimli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda har bir tumandan bittadan jamoa ishtirok etdi.


Tadbirda o‘quvchilar tomonidan she’rlar, turli tillarda kichik hikoyalar o‘qildi. Kitobxonlik viktorinasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘ngida o‘yin natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlandi. Ular munosib taqdirlandi.
Jumladan, 1-o‘rin Olmazor tumani, 2-o‘rin Shayxontohur tumani, 3-o‘rin esa Mirzo Ulug‘bek tumani jamoasiga nasib qildi.


"Zukko kitobxon" tanlovining noyabr oyi uchun kitoblar ro‘yxati taqdim etildi. Xususan, Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani, Tog‘ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi", Ahmad Lutfiy Qozonchining "O‘gay ona" asarlari o‘qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA