Zukko bolajonlar “Zakovat”da kuch sinashdi
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi metodistlari, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mutaxassislari hamda ota-onalar ishtirok etib, musobaqani jonli kuzatishdi.
[gallery-24459]
Mazkur o‘yin namunaviy tarzda o‘tkazilib, kichik yoshdagi bolalarning tafakkurini charxlash, bilimga qiziqishini oshirish, jamoaviy fikrlash va erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Bolajonlar 4 ta shart asosida ilk bilim-tasavvurlarini sinovdan o‘tkazdilar.
“Zakovat” intellektual o‘yinining Guliston tuman bosqichida 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA