Zominda osma yo‘l qurishga kirishildi
Jizzax viloyatining Zomin tumani hududidagi Turkiston tog‘ tizmalariga kiruvchi qorli tog‘ hududida yangi kurort va tog‘-chang‘i zonasi barpo etish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.
Osma yo‘llar qurish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinda turuvchi Shveysariyaning “Bartholet” kompaniyasi bu loyihani amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi. Butun mamlakatimiz bo‘ylab Mustaqillikning 31 yilligi keng nishonlanayotgan ayni paytda osma yo‘lning birinchi kabinasi olib kelindi.

“Porsche Design”, ya’ni Studio dezaynidagi 8 o‘rinli gondola 2 ming 500 metr balandlikda harakatlanib, har soatda 1 ming 200 nafar kishini tashish imkoniyati mavjud.
“Bartholet” vakilining ta’kidlashicha, ushbu osma gondolalar kelgusi 2023 yilning 1 apreldan ishga tushirilishi kutilmoqda. Rejaga ko‘r, shu sanadan boshlab kurort va tog‘-chang‘i zonasi ham ishga tushiriladi.

A.QAYUMOV, O‘zA