Zidan Realda qolmoqchi emas
Bundan bir muddat avval "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z o‘g‘li Lyukani jamoada olib qolib, uni ikkinchi darvozabon qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan bir muddat avval "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z o‘g‘li Lyukani jamoada olib qolib, uni ikkinchi darvozabon qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ammo fransiyalik mutaxassisga yaqin manbalar bu xabarni inkor qilmoqda. Aniqrog‘i Zidan o‘z o‘g‘lini ijaraga bermoqchi va ikkinchi darvozabon sifatida Andrey Luninni klubda olib qolmoqchi. Keylor Navas esa "Real"ni tark etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lunin joriy mavsumda "Leganes" safida ijara asosida to‘p surdi va 6ta bahsda ishtirok etdi.