Zelenskiy: Ukraina munosib tarzda javob qaytaradi (+video)
Zelenskiy Rossiyani o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha urinishlarni rad etayotganlikda aybladi, deb xabar berdi Euronews.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish takliflariga Rossiya deyarli har soatda Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar bermoqda. U Moskvani ogohlantirib, bu hujumlarga Ukraina munosib javob qatarishini aytdi.
“Vaziyatdan kelib chiqib, biz o‘zimizning mutlaqo asosli javob choralarimizni belgilaymiz”, — dedi Ukraina rahbari.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiyaga sulh va diplomatiya bo‘yicha Ukraina tomonidan aniq taklif berilganini ta’kidladi.
“Rossiya bizdan tinchlik va diplomatiya bo‘yicha aniq taklif oldi va tafsilotlarni kelishib olish uchun Ukraina yoki hamkorlarimiz bilan qanday bog‘lanishni yaxshi biladi”, — dedi u.
Avvalroq Rossiya 8–9-may kunlari uchun bir tomonlama ikki kunlik sulh e’lon qilgan edi. Bu muddat Moskvadagi Qizil maydonda o‘tadigan G‘alaba paradi bilan bog‘liq.
Ukraina esa o‘z navbatida 6-may yarim tunda boshlanadigan o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Biroq Zelenskiyning aytishicha, Kiyev taklif qilgan sulhning dastlabki 10 soati ichida Rossiya qo‘shinlari uni 1820-marta buzgan. Masalan, chorshanba kuni ertalab Rossiya Sumi viloyatidagi bolalar bog‘chasiga zarba bergan. Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Hodisa vaqtida bog‘chada bolalar bo‘lmagan.
Rossiya Ukraina taklif qilgan sulhni rad etgani ma’lum bo‘lganidan keyin, e’tibor Rossiya taqvimidagi eng muhim sanalardan biri — G‘alaba kuniga qaratildi. Bu kunda Ikkinchi jahon urushi yakunlangani keng ko‘lamli tadbirlar bilan nishonlanadi.
Odatda bu bayram Rossiya harbiy qudrati namoyishi sifatida o‘tkaziladi. Bu yil Kreml tadbir ko‘lamini qisqartirishga qaror qildi. Xavfsizlik sababli harbiy texnikalarni namoyish qilish rejalashtirilmagan.
Rossiyaning ba’zi hududlarida xavfsizlik sabab G‘alaba kuni tadbirlarini o‘tkazish umuman bekor qilingan.
Chunki, Ukraina qo‘shinlari Moskvadan ancha uzoqdagi nishonlarga ham zarba bera olishini ko‘rsatdi. Masalan, seshanba kuni Ukraina shahridagi muhim harbiy-sanoat majmuasiga hujum uyushtirdi. Bu hudud Ukraina chegarasidan taxminan 1000 kilometr uzoqda joylashgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xucmjN-Bd8Q" title="Zelenskiy: Ukraina munosib tarzda javob qaytaradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA