Zamonaviy uy-joylar bunyod etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatining shahar va tumanlarida yangi turar joylar barpo etish, mavjud hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish ishlari davom etmoqda. Bu jarayonda xususiy sektor vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, “Imorat qurilish ta’mirlash” xususiy korxonasi tomonidan viloyatning bir qator hududlarida zamonaviy turar joy ob’ektlari barpo etilmoqda. Qurilish jarayonida loyiha yechimlari, sifatli materiallar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-30829]
Turar joy majmualarida xonadonlar bilan bir qatorda, aholi uchun zarur infratuzilma ob’ektlari ham nazarda tutilgan. Xususan, bolalar maydonchalari, avtomobillar uchun to‘xtash joylari, piyodalar yo‘laklari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari barpo etilmoqda. Bu esa yangi turar joy hududlarida aholi uchun qulay muhit shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Qurilish ishlarining kengayishi mahalliy aholi bandligini ta’minlashga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jarayonga quruvchilar, muhandislar, texnik mutaxassislar va boshqa soha vakillari jalb etilmoqda. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish orqali qurilish materiallariga bo‘lgan talabning bir qismini ichki imkoniyatlar hisobiga ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
Viloyatning turli hududlarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar aholining zamonaviy va qulay xonadonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Qurilish ishlarining izchil davom ettirilishi hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish va yangi yashash massivlarini barpo etish imkonini bermoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA