Zamonaviy texnologiyalar asosida
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “Hazorasp agrodetal” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 100 ming dona polipropilen qopi ishlab chiqarish quvvatiga ega liniya ishga tushirildi.
Bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlanayotgan 25 va 50 kilogramm sig‘imli qoplar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish mollarini qadoqlashga mo‘ljallangan. Ayni paytda korxonada mehnat qilayotgan 20 kishining asosiy qismi yoshlardir.