Zamonaviy eshik-romlar – uy koʻrki
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi “Global bazis” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan zamonaviy eshik-romlar sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi “Global bazis” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan zamonaviy eshik-romlar sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda.Ikki yil oldin faoliyat boshlagan korxonada 12 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan. Duradgor ustalarning ish unumdorligini oshirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, shinam dam olish xonasi, oshxona, yuvinish xonalari ular ixtiyorida.
– Kredit mablagʻi evaziga Xitoydan keltirilgan zamonaviy eshik va rom yasaydigan uskunalar tejamkorligi va sifatli ishlashi bilan ajralib turadi, – deydi korxona rahbari Toʻlqin Norsaidov. – Bu qurilmalar maxsus dastur asosida istalgan bezakni panelga tushira oladi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun MDF panellarini poytaxtdan keltiramiz. Bugungi xaridorning didi juda nozik. Shunga monand, yasayotgan eshik va romlarimiz dizaynini muntazam yangilab boramiz. Asosiy eʼtibor sifatga qaratiladi, albatta. Shuning uchun korxona yangi tashkil qilinganda Toshkentdan malakali ustalar taklif qilib, ishchilarimizni oʻqitgan edik. Mahsulotlar asosan ichki bozorda sotilmoqda. Kelajakda tarmoqni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz. Joriy yil yakuniga qadar mebel sexi ham ishga tushiriladi.

