Zamonaviy bog‘chalar soni yana bittaga ko‘paydi
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Navro‘z” mahallasida “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida “Behzod kelajak Nur” xususiy korxonasi tomonidan 3 milliard 25 million so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada 420 o‘ringa mo‘ljallangan tashkilotning quvvati 60 taga oshirilib, 480 taga yetkazildi.

Shuningdek, ushbu maskan Vazirlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 700 milion so‘mlik zamonaviy mebel jihozlari va uskunalar bilan ta’minlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA