Zamonamizning yirik loyihasi — “Zamon Teks”!
Agrobank moliyaviy koʻmagida ishga tushirilgan va kengayayotgan yana bir yirik loyiha — Sirdaryo viloyatining Xovos hamda Andijon viloyatining Shahrixon tumanlarida oʻz faoliyatini yuritayotgan “Zamon Teks” MCHJga qarashli tekstil fabrikalari kompleksi hisoblanadi.
Jami qiymati 50,2 mln yevroni tashkil qiluvchi ushbu yirik loyihaga bank qariyb 33,6 mln yevro kredit ajratgan. Kreditning 29,1 mln yevrolik qismi Germaniya bankidan jalb qilingan.
Loyiha 4 bosqichda ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida 1 800 dan ortiq ishchi-xodimlar ish bilan taʼminlanadi.
Reklama
O‘zA