“Zakovat” I Osiyo ochiq chempionatiga start berildi
Poytaxtimizda yirik xalqaro intellektual turnir - “Zakovat” o‘yini bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada butun dunyodan yig‘ilgan eng kuchli bilimdonlar o‘zaro bellashuv olib bormoqda.
Xususan, turnirda 14ta davlatdan 55ta jamoa ishtirok etadi.
[gallery-13116]
Ishtirokchilar O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Kipr, Germaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan.
Turnir doirasida jamoalar “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi hamda Breyn-ring o‘yini bo‘yicha bellashuv olib boradi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha,
“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasida g‘olib jamoalar quyidagi miqdorda taqdirlanadi, jumladan,
1-o‘rin: 100 million so‘m;
2-o‘rin: 60 million so‘m;
3-o‘rin: 40 million so‘m.
Breyn-ring o‘yinida zafar quchgan jamoaga maxsus tayyorlangan I Osiyo ochiq chempionati kubogi topshiriladi.
Turnirning tantanali yopilish marosimi 13 avgust, yakshanba soat 20:00da “O‘zbekfilm” pavilyonida bo‘lib o‘tadi.
Gulnoza Boboyeva, Davron Ernazarov,(surat) O‘zA