Yusupov Ozod Rabbimovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Algoritmik kompozitsiyalar asosida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish usullari» mavzusida
Yusupov Ozod Rabbimovichning 05.01.11 – «Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt» ixtisosligi bo‘yicha «Algoritmik kompozitsiyalar asosida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish usullari» mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 17-iyun soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Bo‘z-2, 17A. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Tel.: +(998) 71-263-41-98
e-mail: info@airi.uz