Yurtimizda Ramazon hayiti shukuhi (+video)
Qalblarga munavvarlik ulashguvchi Ramazon hayiti musulmonlarning eng ulug‘ ayyomlaridan biridir. Bu muborak kun ”Iyd-al fitr” deb ham ataladi va ro‘zaning tugashini anglatadi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz, tutgan ro‘zalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo‘lishini undan so‘raymiz.
Hayit kuni qayta tug‘ilish ramzi hamdir. Ramazonda inson jismini, ruhini poklaydi hamda nafsini tarbiya qiladi, kelajakda uni faqat Allohga ma’qul amallarni bajarishga undaydi. Uning xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘rni va jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati beqiyosdir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SspkzYAPNbI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Bugun yurtdoshlarimiz Ramazon hayitini katta xursandchilik bilan, o‘zgacha kayfiyatda qarshi olmoqdalar. Ayniqsa, Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan Ramazon hayiti tabrigi musulmon yurtdoshlarimiz tomonidan quvonch bilan kutib olindi.
Unda aytilishicha, Yangi O‘zbekistonni qurish jarayonida hayotimizning barcha sohalari qatori diniy yo‘nalishdagi ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda, quvonarli jihati, haj ziyoratiga boruvchilar soni 3 barobarga oshirilgan. Shuningdek, tabarruk qadamjolar obod qilinib, ehtiyojmand kishilar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilayotgani, Vatanimizda tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjihatlikni saqlash, xalqimiz hayotini yanada erkin, obod va farovon etish asosiy maqsad ekanligi alohida ta’kidlangan.
Dillardagi gina-kudratlar zavolga ketib, o‘rnini do‘stlik va hamjihatlik egallovchi, mashoyixlar ta’rifidagi kabi so‘z va ko‘z ozodaligi, til va dil pokligi bo‘lmish Ramazon bayrami barchamizga muborak bo‘lsin, azizlar!
O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA